HAMAS delegatsiyasi Moskvaga bordi. Xo‘sh?
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Falastinning HAMAS guruhi vakillari Moskvaga yetib kelganini ma’lum qildi.
RIA «Novosti» manbasining xabar berishicha, delegatsiyaga XAMAS siyosiy byurosi a’zosi Abu Marzuk boshchilik qilmoqda.
«Falastin harakati vakillari Moskvaga tashrif buyurdi», degan TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova. Rossiyada harakat taqiqlanmagan va terrorchi tashkilot sifatida tan olinmagan.
Avvalroq XAMAS Siyosiy byurosi rahbari «Rossiya va Xitoyning BMT Xavfsizlik Kengashidagi pozitsiyasini va AQSh rezolyusiyasiga veto qo‘yishini yuqori baholadi».
G‘azo sektorida vaziyat keskinlashgach, Rossiya boshqa G‘arb davlatlari kabi Isroil yonini olib, HAMASni keskin tanqid qilmadi. Yana bir yirik siyosiy kuch bo‘lgan Xitoyning pozitsiyasi ham shunga o‘xshab ketadi. Har ikkala davlat mustaqil Falastin davlatini tuzish tarafdori ekanini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter