Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gvatemala qamoqxonasida isyon ko‘tarildi: 7 mahbus otib tashlandi

Gvatemala qamoqxonasida isyon ko‘tarildi: 7 mahbus otib tashlandi

Foto: «Euronews.com»

Markaziy Amerika davlati Gvatemaladagi qamoqxonalardan birida isyon ko‘tarildi. Isyonni bostirish maqsadida 7 nafar mahbus otib tashlandi. Bu haqda «Euronews» xabar bermoqda.

Pavonjito shahridagi qamoqxonada noma’lum sabab bilan isyon chiqqan. Ko‘plab mahbuslar bir-birlarini do‘pposlay boshlashgan. Natijada gvardianlar qurol ishlatishga majbur bo‘lishgan.

600 kishiga mo‘ljallangan qamoqxonada ayni paytda 3 mingdan ortiq mahkum saqlanadi.

Ushbu qamoqxonada 2013 yili ham isyon chiqib, 13 nafar mahkum halok bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring