Gruziyada parlament mojaroli loyihani ma’qulladi
Gruziya parlamenti namoyish va janjallarga sabab bo‘lgan xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi.
Ushbu qonun loyihasining muhokamasi mamlakatda keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi. Hujjatni 84 deputat qo‘llab-quvvatladi, 30 nafari qarshi ovoz berdi, deb yozadi RBK «Rustavi 2» telekanaliga asoslanib.
Qonunga ko‘ra, yillik daromadining kamida 20 foizini xorijdan oladigan nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari davlat reyestrida «xorijiy ta’sir agenti» sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari shart.
Ro‘yxatdan o‘tmaslik 25 ming lari miqdorida jarimaga tortiladi.
Ushbu tashabbus ilgari surilgandan beri Gruziya poytaxti Tbilisida namoyishlar tinmayapti. Tanqidchilar Gruziya hukumatini Rossiyadan o‘rnak olishda ayblamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter