Germaniyada harbiy to‘rt kishining boshiga yetdi
Germaniyada askar to‘rt kishini otib o‘ldirdi. Bu haqda Bild xabar bermoqda.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Shesseldagi uyda «bir nechta qurbonlar» bo‘lgan. To‘rt nafari halok bo‘lgan. Bu gumonlanuvchining sobiq sevgilisi, uning farzandi, shuningdek, sevgilisining yangi yigiti va onasi», deb yozadi nashr.
Xabar qilinishicha, otishma ertalab soat 3:30 atrofida sodir bo‘lgan. Biroz vaqt o‘tgach, voqea joyiga politsiya yetib kelgan va binoga kirgan.
Tongda politsiya gumonlanuvchini aniqlaganini va u Bundesver xizmatchisi ekanligini e’lon qildi. Huquq-tartibot idoralari uning sodir etgan jinoyatida shaxsiy motivlar mavjudligini istisno etmayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter