Germaniya Falastinni tan oladimi?
Germaniya Falastinni davlat sifatida tan olishni istaydi, biroq sharti bor — buning uchun Isroildagi nizo tomonlari ikki davlat tuzilishiga asoslangan bitimga kelishishlari kerak. Bu haqda Spiegel xabar berdi.
«Germaniya Falastinni tan olishni Yevropa hamkorlikdagi tashabbusi doirasida ilgari surishi lozim, buning uchun garovdagilar ozod etilishi va o‘t ochishni to‘xtatishga kelishuv talab etiladi», — dedi Bundestag a’zosi Izabel Kademartori.
«Falastinning tan olinishi Yaqin Sharqdagi nizoning uzoq muddatli siyosiy yechimi yo‘lidagi muhim birinchi qadam bo‘lishi mumkin. Maqsad — Isroil bilan birga, uning xavfsizligiga tahdid solmaydigan Falastin davlatiga ham asos solishdir», — dedi Kademartori.
Shuning barobarida, uning partiyadoshi, Bundestagning xalqaro ishlar qo‘mitasi raisi Mixael Rotning fikricha, Falastinning davlat deya ehtimoliy tan olinishi «noto‘g‘ri vaqtda noto‘g‘ri signal» bo‘lishi mumkin ekan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter