Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«G‘azo yashash uchun yaroqsiz bo‘lgan cho‘lga aylandi» — BMT komissari

«G‘azo yashash uchun yaroqsiz bo‘lgan cho‘lga aylandi» — BMT komissari

Hozirda G‘azo sektori inson yashashi uchun yaroqsiz cho‘lga aylangan. Bu haqda BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish va ishlar agentligi (UNRWA) bosh komissari Filipp Lazarini ma’lum qildi.

«G‘azo hozir deyarli yashash uchun yaroqsiz bo‘lgan cho‘lga aylandi», - deya Lazzarini so‘zlarini keltiradi Al-Jazeera telekanali.

UNRWA rahbarining so‘zlariga ko‘ra, anklavdagi vayronagarchiliklar natijasida yana ocharchilik bo‘lishi mumkin.

«Afsuski, ochlik yoki o‘tkir to‘yib ovqatlanmaslik yana bir og‘ir vaziyat qarshisida qolyapmiz, ehtimol», - deya ta’kidladi BMT komissari.

Lazzarini, shuningdek, kelayotgan qish va G‘azo aholisining immuniteti zaiflashishi anklav aholisi uchun «o‘limga olib keladigan muammo» bo‘lishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil oktyabrdan beri bo‘layotgan urushda qariyb 40-50 ming atrofida g‘azolik halok bo‘ldi. 

Avvalroq HAMAS lideri Yahyo Sinvar Isroil harbiy kuchlari tomonidan o‘ldirilgani xabar berilgandi. Isroil rasmiylari mazkur xabarni rasman tasdiqladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring