Fransiyaning eng keksa «akulasi» olamdan o‘tdi
Fransiyaning eng keksa fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi. Jyul Teobald 112 yoshda edi. Bu haqda mahalliy OAVga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.
Keksa fransuz dengizorti Martinika departamenti poytaxti — Fort-de-Frans shahrida istiqomat qilgan. Teobald 2019-yilda oldingi rekordchi 111 yoshli Roje Oven olamdan o‘tgach beshinchi respublikaning eng keksa fuqarosiga aylangan.
«Jyulning o‘limi bilan Martinika merosining bir qismidan judo bo‘lmoqdamiz», — dedi Fort-de-Frans keksalar masalalari bo‘yicha mas’ul Polin Dondon.
Jyul Teobald yoshligida baliqchilik qilgan, shu bois qarindoshlari uni hazillashib akula deb chaqirishardi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, u 1909-yil 17-aprelda dunyoga kelgan. Biroq uzoq vaqtdan beri bir asr avvalgi hujjatlar to‘g‘ri saqlanganmi yoki yo‘qligi borasida tortishuvlar bo‘lmoqda. Teobald aslida 1907-yilda tug‘ilgan degan taxminlar ham bor.
Ginnesning rekordlar kitobiga ko‘ra, dunyodagi eng keksa odam ispaniyalik Saturnino de la Fuente Garsiya hisoblanadi. Yaqinda u 112 yosh 211 kunga to‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter