Fransiyalik qariya pashshani o‘ldiraman deb uyni portlatib yubordi

Fransiyada keksa odam elektron pashsha o‘ldirgich yordamida hasharotni gumdon qilishga urindi, natijada o‘z uyini portlatib yubordi. Bu haqda «The Mirror» xabar bergan.
Erkak kishi tamaddi qilishga o‘tirganda qayoqdandir pashshaning vizillagani qulog‘iga chalindi. Pashshadan qutulish uchun u elektron pashsha o‘ldirgichdan foydalandi. Baxtga qarshi, uyda gaz ballonidan gaz sizib chiqayotgan bo‘lgan. Elektr uskunadan chiqqan uchqun gazning portlashiga olib kelgan. Oqibatda oshxona va uyning bir qismi butunlay vayron bo‘lgan.
80 yoshli Fransiya fuqarosining o‘zi Liburn shahar shifoxonasiga yetkazilgan. Uning qo‘llari kuyib qolgandi. Yana chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlardan o‘tishi aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter