Finlyandiya NATOga qabul qilindi
Finlyandiya NATOga qabul qilindi. Bu haqda Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qildi.
«Bugundan boshlab alyansga kirgan mamlakatlar soni 31 ta bo‘ldi. Kuchli hamkorlar Polsha, mintaqamiz va butun dunyo xavfsizligini ta’minlamoqda», – deb yozadi polshalik rasmiy.
Fransuzlarning AFP nashriga ko‘ra, Kreml Finlyandiyaning NATOga a’zoligini «xavfsizlikka hujum» deb atagan va bu «vaziyatni keskinlashtiruvchi oxirgi qadam» ekanini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Ftnlyandiyaning alyansga qo‘shilishi NATOga a’zo davlatlar sonini 31 taga yetkazdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter