Filippin tarixida eng ko‘p o‘limga sabab bo‘lgan «Rai» to‘foni qurbonlari soni 326 nafarga yetdi
16-dekabrda Filippin sohillariga yopirilgan «Rai» to‘foni qurbonlari soni 326 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat Xatarlarni kamaytirish va ofatlar oqibatlarini bartaraf etish milliy kengashi (NDRRMC) xabar berdi.
Filippinning 600 dan ziyod fuqarosi jabr ko‘rgan, 58 kishi bedarak yo‘qolgan.
Xalqaro Qizil xoch tashkiloti «Rai»ni mamlakat tarixidagi eng xavfli va eng ko‘p o‘limga sabab bo‘lgan to‘fon sifatida tasnifladi. Tabiiy ofat sababli 300 mingdan ziyod kishi evakuatsiya qilingan.
Yo‘llar, binolar, portlar va aeroportlarga yetgan zarar miqdori hisoblanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter