Farrosh tish shifokoriga aylanganda...

Turkiyaning Istanbulida yashovchi 42 yoshli Xoqon Yildirimning kechga tomon tishi qattiq og‘ridi. U og‘riqqa chidolmay xususiy stomotologiya klinikasiga qo‘ng‘iroq qildi va uchrashuv tayinladi.
Shifokor vaqt allamahal bo‘lganiga qaramay bemorni ochiq chehra bilan qabul qildi. Ammo tekshiruvdan so‘ng u mijozga to‘rtta old tishini olib tashlash kerakligini aytdi. Shifokorning bunday qaroridan Hoqon lol qoldi. Qo‘rqib ketgan bemorning barcha e’tirozlariga shifokor e’tibor bermadi. Shifokorning aytishicha Xoqonga tabiiy tishlaridan ham ko‘ra mustahkamroq va chiroyliroq protez tishlar qo‘yiladi. Noiloj bemor tishlarini olib tashlashga rozi bo‘ldi. Erkak klinikadan chiqib shifokor yozib bergan dorilarni olish maqsadida dorixonaga kirdi. Dori sotuvchi retseptda shifokorning shaxsiy imzosi yo‘qligini aytganida Hoqonning ko‘ngliga shubha oraladi.
Ertasi kuni Xoqon tish shifokoriga yana bir uchrashish maqsadida klinikaga kirib o‘tdi, uni boshqa tish shifokori kutib oldi. Va Hoqonning hikoyasini eshitib dahshatga tushdi. Ma’lum bo‘lishicha, Hoqonning to‘rtta tishini sug‘irgan Jamol ismli «tish shifokori» farrosh bo‘lib, kechqurunlari xonani tozalashga kelarkan. Xullas to‘rtta tishidan ayrilgan shaxs jinoyatchi ustidan sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Soxta tish shifokori yaqinda 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Bundan tashqari u jabrlanuvchiga ham jismoniy, ham ruhiy jarohat uchun tovon to‘lashi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter