Facebook sabab 3 million qozog‘istonlikning shaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketdi
Musin Facebookdan foydalangan 3 million qozog‘istonlikning ma’lumotlari tarqalishi haqidagi xabarlarga izoh berdi. Bu haqda Zakon.kz ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Qozog‘istonda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi texnik muammolardan xabardor bo‘lish imkoni mavjud emas.
«Odamlar ro‘yxatdan o‘tishda «Ok» tugmachansini bosadi xolos, aslida u hech qanday e’tirozi yo‘qligi haqida shartnomaga rozi bo‘ladi. Hech kim bu shartnomani o‘qimaydi, shu sababli bu narsa faqat Facebookning o‘zigagina ayon», – deydi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Bagdat Musin.
Vazir qozog‘istonliklarga shaxsiy ma’lumotlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmaslikni tavsiya qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter