Yevropada kuchli to‘fon 16 nafar kishining boshiga yetdi
Yevropa mamlakatlarida «Yunis» to‘foni oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Interfaks ma’lum qildi.
Niderlandiyada to‘rt kishi, Polshada to‘rt nafar, Buyuk Britaniyada uch nafar, Germaniya va Belgiyada ikkitadan, Irlandiyada bir kishi halok bo‘lgan. Ko‘pgina o‘limlar daraxtlarning qulashi hamda kuchli shamol ta’sirida qulagan tuzilmalar bilan bog‘liq.
Dovul Irlandiyadan Buyuk Britaniyaga, so‘ngra Fransiya shimoli va Benilyuks mamlakatlari orqali Daniya va Germaniyaga ko‘chgan (bu yerda dovulga Zeynep nomi berilgan). Jismlarning kelib urilishi oqibatida elektr uzatish liniyalarining uzilgan, binolar vayron bo‘lgan va qirg‘oqbo‘yi hududlarini suv bosgan.
Kuchli shamol ko‘tarilishi Buyuk Britaniya hududida kuzatilgan: Londonda ob-havo yomonlashishini kutib, qizil ogohlantirish darajasi e’lon qilindi. Sky News ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada juma kuni bo‘lgan dovul tufayli 1,2 million kishi elektr ta’minotisiz qolgan, ulardan 155 ming nafarida haligacha elektr ta’minoti tiklanmagan.
The Guardian nashriga ko‘ra, Gatvik, Xitrou va Manchester aeroportlari bugunga kelib, qayta ochilmoqda. Avvalroq juma kuni og‘ir ob-havo sharoiti tufayli 500 dan ortiq reyslar bekor qilingan edi. Big Jet TV telekanali orqali butun dunyo bo‘ylab tarqalib, kuchli shamolga qaramay, uchuvchilar Xitrouga samolyotlarni qo‘ndirayotgani aks etgan videolavha uzatilgan.
Yakshanba va dushanba kunlari Buyuk Britaniyada kuchli shamollar bo‘lishi haqida ogohlantiruvchi xabarlar yuborilgan. Kelgusi hafta oxirigacha mamlakatda shamolli ob-havo, yog‘ingarchilik kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter