Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yetti yildan beri aeroportda yashayotgan rossiyalik ayol qismati

Yetti yildan beri aeroportda yashayotgan rossiyalik ayol qismati

Foto: «irk.kp.ru»

Rossiyaning Tulun shahrida dunyoga kelgan Lyudmila Lisitsina yetti yildan beri Irkutsk aeroportining terminalida kun kechirmoqda. Bu haqda Mash Telegram-kanali xabar bergan.

Ayol bir vaqtlar navbatchilikda ishlagan va kvartirada qarindoshi bilan birga yashagan. So‘ngra — taxminan 19 yil muqaddam — uni haydab chiqarishgan. Lisitsina aeroportga «ko‘chib o‘tishga» majbur bo‘lgan. U kresloda uxlaydi, jamoat hojatxonasida yuvinadi. Ijtimoiy xizmat xodimlari 69 yoshli momoni bir necha bor olib ketishga urinib ko‘rishdi, biroq ularning yordamini rad etgan.

Aeroport xodimlari ayolni haydab yuborishmayapti, biroq qarindoshlari unga yordam berishidan umid qilishyapti. Lisitsinaning aytishicha, kvartirasi bor, faqat uni noqonuniy yo‘l bilan tortib olishgan.

Rossiyalik ayol tushib qolgan vaziyat Gollivudning mashhur «Terminal» filmi syujetini eslatadi. Tragikomediya bosh qahramoni — Sharqiy Yevropadan kelgan kishi (bu rolni Tom Xenks ijro etgan) — Nyu-Yorkka uchib keladi va tasodif tufayli mahalliy aeroportdan chiqolmay qoladi. U tranzit hududida yashashga majbur bo‘ladi. Syujet 1980-yillarda eronlik qochoq bilan sodir bo‘lgan real voqeaga asoslangan. U hujjatlarini o‘g‘irlatib qo‘ygach, 18 yil Parij aeroportida yashashga majbur bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring