Xitoyda yana ikki kishi parranda grippiga chalindi
Xitoyda yuqori patogen H5N6 parranda grippi bilan kasallangan yana ikkita holat qayd etildi. Bu haqda Gonkong sog‘liqni saqlash idoralariga tayanib «TASS» xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Guansi-Chjuan muxtor viloyati janubidagi Guylin shahrining 61 yoshli fuqarosi infeksiyani yuqtirgan. Ayol tirik qush bilan aloqada bo‘lgan. U shifoxonaga yotqizilgan, ahvoli barqaror.
Ikkinchi holat Ibin shahrida kuzatilgan. 65 yoshli bemorning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
H5N6 virusi shtammi bilan dunyodagi birinchi odamning zararlanishi 2014-yil may oyida janubi-g‘arbiy Sichuan viloyatida qayd etilgan. O‘shandan beri mamlakatda bunday holatlar soni 37 taga yetdi, ulardan beshtasi shu yozda aniqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter