Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda qurolli shaxs tomonidan terakt uyushtirildi. 15 kishi qurbon bo‘ldi (foto)

Eronda qurolli shaxs tomonidan terakt uyushtirildi. 15 kishi qurbon bo‘ldi (foto)

Kecha, 26-oktyabr kuni Eronning Sheroz shahrida Shoh-Cherax maqbarasiga kirishda noma’lum shaxs tashrif buyuruvchilarga avtomatdan o‘z uzgan. Buning oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan, 40 kishi yaralangan. Bu haqda IRNA agentligi xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ziyoratgoh binosiga qurollangan uch kishi kirib kelgan. Hujum oqibatida kamida 15 nafar inson halok bo‘lgan, 40 ga yaqin kishi yaralangan.

Politsiya uch nafar hujumchidan ikkitasini qo‘lga olgan. Fars viloyati gubernatori o‘rinbosari Esmoil Mohebbipurning aytishicha, otishma yaralangan va hibsga olingan birgina terrorchi tomonidan amalga oshirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchilar «takfirchi terrorchilar» guruh vakillari bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, takfirchilik  — musulmonlarni kufrda  ayblashga asoslangan Misrdan kelib chiqqan radikal islomiy mafkura hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring