Eronda kimyo zavodida portlash sodir bo‘ldi
Eronning Qum shahrida yakshanba kuni kimyo zavodida yong‘in va portlashlar sodir bo‘ldi, qurbonlar bor, dedi viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi vakili Hamid Kureymi. Bu haqda Fars xabar bermoqda.
«Moldan» kompaniyasining kimyo zavodidagi sanoat zonasida mahalliy vaqt bilan soat 6:02da (Toshkent vaqti bilan 6:32da) kuchli yong‘in boshlangan», — deya Kureymining so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.
Alanga bir nechta portlashlar bilan davom etgan, hodisa yuz bergan joyga zudlik bilan 150 ta o‘t o‘chiruvchi va 20 ta transport vositasi jalb qilindi. Zavodning bir qismini evakuatsiya qilishga to‘g‘ri keldi.
Kureymining ta’kidlashicha, olov tez tarqalishi natijasida ikkita o‘t o‘chirish mashinasiga zarar yetdi. Ikki o‘t o‘chiruvchi ham jarohat olgan.
«Yong‘in o‘chirildi, biz uning boshqa omborlarga tarqalishiga yo‘l qo‘ymadik, aks holda sanoat zonasida kattaroq yong‘in sodir bo‘lishiga guvoh bo‘lardik», — deya ta’kidladi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter