Eron tabiiy gaz qazib olish bo‘yicha jahonda uchinchi o‘ringa ko‘tarildi

Eron tabiiy gaz qazib oluvchi mamlakatlar orasida 3-o‘ringa ko‘tarildi, deb xabar berdi Mehr.
Mamlakat bir yilda 252 mlrd kub metr gaz qazib olmoqda va bu borada Rossiya va AQShdan keyinda turadi.
Eronning 95 foizdan ziyod hududiga gaz quvurlari yetib borgan (bu ko‘rsatkich Rossiyada — 53 foiz, AQShda — 70 foiz). Mamlakat jahondagi eng uzun va murakkab gaz quvurlari tizimlaridan biriga ega: Eron gaz quvurlari uzunligi Yer va Oy o‘rtasidagi masofadan 15 foiz uzunroq, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter