Eron rahbari AQSh bilan muzokara o‘tkazish ma’nosiz ekanini aytdi

Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy fikricha, Tehronning Vashington bilan muzokaralari hech qanday foyda keltirmaydi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar «hech qanday muammoni hal qilmaydi».
«Eron AQSh bilan bir necha yil oldin muzokaralar olib borgan va kelishuvga erishilgan edi, biroq amerikaliklar uni buzdi», dedi oyatulloh Eron havo kuchlari qo‘mondonlari bilan uchrashuvda (Mehr agentligidan iqtibos keltirgan).
Uning ta’kidlashicha, Tehron ko‘p yon bosishga majbur bo‘lgan, ammo Qo‘shma Shtatlar o‘z majburiyatlarini bajarmagan. Uning fikricha, davlat muammolarini faqat «ichki resurslar» yordamida hal qilish mumkin.
«Agar AQSh Eron xalqi xavfsizligini buzsa, biz ikkilanmasdan javob beramiz», dedi Eron rahbari. Eron Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Hamid Vahidiyning aytishicha, mamlakat «o‘zini o‘zi ta’minlaydi va mudofaa uchun to‘liq tayyor».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter