Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron prezidenti halok bo‘ldi

Eron prezidenti halok bo‘ldi

Eronning turli manbalari mamlakat prezidenti Ibrohim Raisiy va tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan vertolyot halokatida halok bo‘lganini tasdiqladi.

Raisiy va boshqalarning o‘limini, xususan, Eronning Mehr agentligi va ismini oshkor etmagan Eron rasmiysi Reuters bilan suhbatda tasdiqlagan.

Eron Qizil yarim oy jamiyati rahbari Pirhusayn Kolivand davlat televideniyesi orqali qutqaruvchilar halokat joyida hayot belgilarini topmaganini aytdi.

Vertolyotning yo‘lovchilari Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan, Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyati gubernatori Malik Rahmetiy va Tabriz viloyati rahbari Ali Hoshim bo‘lgan.

Vertolyot yakshanba kuni Eron shimoli-g‘arbidagi tog‘li hududda, Ozarbayjon va Turkiya chegarasiga yaqin joyda qulagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring