Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron poytaxtida kuchli portlash bo‘lgani aytilmoqda

Eron poytaxtida kuchli portlash bo‘lgani aytilmoqda

Eron poytaxti Tehron shahridagi Rey ko‘chasidagi ikki qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi, portlash qo‘shni binoning vayron bo‘lishiga olib kelgan.

Vayronalar ostida odamlar bo‘lishi mumkin, dedi Tehron shahar yong‘in xavfsizligi xizmati tashkiloti rasmiy vakili Jalol Malikiy.

Uning so‘zlarini Mehr agentligi keltirmoqda.

“Rey ko‘chasidagi ikki qavatli binoda kuchli portlash sodir bo‘ldi... Natijada shu va qo‘shni binolar vayron bo‘ldi, hozirda voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar ishlamoqda”, — dedi Maleki.

Maleki odamlar vayronalar ostida qolib ketish ehtimolini istisno etmadi.

Agentlik hodisa sabablarini oshkor etmayapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring