Eron maxsus xizmati o‘nlab josuslarni qo‘lga oldi
Eron maxsus xizmati xodimlari o‘nlab josuslarni qo‘lga oldi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi. Bu xabarni Eron axborot vaziri Mahmud Alaviy ham tasdiqlagan.
«Ikki davlat fuqaroligini olgan kishilar haqida ma’lumot berish haqida bir necha bor takrorlaganman. Konttrazvedka muvafaqqiyatli o‘tdi va biz turli yo‘nalishlardagi o‘nlab josuslarni aniqlab, qo‘lga oldik», – degan Mahmud Alaviy.
Shuningdek, o‘tgan bir yil davomida Eron maxsus xizmati 230 ta terrorchi guruh hujralarini aniqladi.
Eron axborot vaziri Mahmud Alaviyning aytishicha, 23 ta terrorchi guruh Eronda ham xuddi Suriyadagi kabi vaziyatga yuzaga keltirishga uringan.
«Terrorchilar 5 nafar sunniy imomni o‘ldirib, sunniylar va shialar o‘rtasida urush qo‘zg‘atmoqchi bo‘lishgan», –deydi Alaviy.
Ularning qabih rejalari bartaraf etilgan.
Joriy oyda Eron janubida IShIDga a’zo terrorchi qo‘lga olinib, yo‘q qilingan.
Bir oy avval Tehronda IShIDga qarashli terrorchi guruhiga qarshi qaqshatkich zarba berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter