Eron BMTga murojaat qildi: «Biz urushni xohlamaymiz»

Rasmiy Tehron BMT Xavfsizlik Kengashiga maktub yo‘llab, AQSh bilan urush boshlashga urinmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda «Anadolu» agentligiga tayanib Azon.uz xabar bermoqda.
«Biz urush boshlashga harakat qilmayapmiz. Eronga qarshi har qanday harbiy avantyuraga qarshi javob qaytarishga tayyor ekanimiz haqida ogohlantiramiz», – deyiladi maktubda.
Eron davlat televideniyesi xabariga ko‘ra, ushbu maktub AQShning Iroqdagi ikki harbiy bazasiga raketa zarbasi berilganidan keyinoq BMT Xavfsizlik Kengashi va Bosh kotib Antoniu Guterrishga yuborilgan.
Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarif aviazarbalar xalqaro qonunlar doirasida amalga oshirilganini bildirdi.
«Eronning o‘zini himoya qilishi BMT nizomining 51-moddasiga tayanadi», — deya yozdi u Tvitterdagi sahifasida. Vazirning ta’kidlashicha, Eron urushni xohlamaydi, lekin har qanday hujumga qarshi o‘zini himoyalashga tayyor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter