Yerning ikki qit’asiga ikki to‘fon xavf solmoqda
Olimlar Yer yuzida katta talafot keltiradigan tabiiy ofatlar sodir bo‘lishidan ogohlantirishmoqda, deya xabar beradi «Hurriyet.com».
AQShning Gavayi shtati hamda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga ikki to‘fon xavf solmoqda.
Bir vaqtning o‘zida Gavayiga «Leyn» hamda Koreya va Yaponiyaga «Sulik»to‘fonlari yopirilib kelishi mumkin.
AQShning Tinch okeani hududidagi Gavayida bir necha oydan beri davom etayotgan vulqon otilishlaridan so‘ng endilikda ushbu hududga to‘fon xavf solmoqda.
Bir necha kundan so‘ng Gavayi orollariga yetib kelishi kutilayotgan «Leyn» to‘fonining tezligi soatiga 230 kilometrni tashkil qiladi.
AQSh Milliy meteorologiya xizmatining ma’lum qilishicha, tabiiy ofat jiddiy zarar yetkazishi mumkin ekan.
Shtat meri Devid Ayj aholiga murojaat qilib, 14 kunga yetadigan oziq-ovqat va dori-darmon vositalarini jamg‘arib qo‘yishga chaqirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter