Erdo‘g‘on zilzila hududidagi yangi shahar rejasi haqida gapirdi

Zilzila hududidagi jami 1 million 684 ming fuqaroning uy-joyga bo‘lgan ehtiyoji qondirildi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hozirda o‘rnatilishda davom etayotgan aholi yashashi uchun konteynerlar soni birinchi bosqichda 100 mingtaga, kerak bo‘lganda esa 200 mingtaga yetkaziladi.
«O‘rtacha shikastlangan 24 mingdan ortiq binodagi 133 mingdan ortiq xonadon vakillarini vaqtinchalik boshpana markazlari yoki xavfsiz joylarga o‘tkazishni ta’minladik», dedi Erdo‘g‘on.
Atrof-muhit va shaharsozlik vazirligining 7 328 nafar xodimi zararni aniqlash ishlarini yakunlash arafasida.
«Biz barcha turar-joy maydonlarini yangi shahar rejasi doirasida yerning sifati va yoriq chizig‘igacha bo‘lgan masofani hisobga olgan holda o‘z me’morchiligi, tarixiy va madaniy tuzilishiga muvofiq loyihalashtiramiz.
Biz tiklanish jarayonini tuzilmalarimizning ilmiyligi, tezligi va mustahkamligi tamoyillari asosida olib boramiz.
Zararni aniqlash, vayronalarni tozalash va joylashuvni aniqlash jarayonlari tugallangandan so‘ng, har bir viloyatda bu uylar soni ortadi», qayd etdi Turkiya rahbari.
Ta’kidlanishicha, 373 156 nafar fuqaro zilzila hududidan boshqa shaharlarga evakuatsiya qilindi.
«Biz barcha shaharlarimizdagi uylar, ish joylari, sanoati, qishloq xo‘jaligini zarracha regressiyaga olib kelmasdan tiklaymiz.
Biz hech qachon fuqarolarimizni og‘ir kunlarida va hayotlarini yangidan tiklashdagi urinishlarida yolg‘iz qoldirmaymiz», dedi Erdo‘g‘on.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 41 mingdan oshgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter