Erdo‘g‘on Yaqin Sharq muammosini hal etishning shartini aytdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Falastin mustaqilligi bilangina Yaqin Sharqda tinchlikni ta’minlash mumkinligini ma’lum qildi.
«Yaqin Sharqda barqaror tinchlikni ta’minlash faqat Falastin muammosini yakuniy hal etish orqali mumkin. Olov yoqishning hojati yo‘q, adolatli dunyoning yutqazuvchisi yo‘q», — dedi Turkiya rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Falastin masalasi xalqaro huquq va Isroil va Falastinning birga yashashini tan olish huquqi asosida hal qilinishi kerak. Siyosatchi BMTning 1967-yilgi chegaralar doirasida mustaqil Falastin davlatini yaratish to‘g‘risidagi rezolyusiyasining amalga oshirilishini nazarda tutgan.
Erdo‘g‘on, shuningdek, rasmiy Anqara qarama-qarshilikni tezda tugatish va keskinlikni kamaytirish uchun zarur diplomatik sa’yi-harakatlarni amalga oshirishiga ishora qildi.
Avvalroq Turkiya prezidenti tomonlarni bosiqlikka va keskinlikni kuchaytiruvchi harakatlardan qochishga chaqirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter