Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on Obamaga «bir yilda 180 daraja o‘zgarding»,—deb aytgandi

Erdo‘g‘on Obamaga «bir yilda 180 daraja o‘zgarding»,—deb aytgandi

Foto:«Asbarez.com»

AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaning barcha yakkama-yakka uchrashuvlarida ishtirok etgan milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari Ben Roders o‘zining «Dunyoda nimalar bo‘lmaydi» nomli kitobida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan Barak Obama o‘rtasida bo‘lib o‘tgan latifanamo suhbatni keltirdi. Bu haqda «Sabah» yozmoqda.

Kitobda qayd etilishicha, 2011-yili sentyabr oyida Nyu-York shahrida BMT Bosh assambleyasida o‘sha paytda bosh vazir bo‘lgan Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashgan Barak Obamaning kun tartibida Yaqin Sharqda tinchlikni o‘rnatish masalasi o‘rin olgan edi.

BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishida Falastinning mustaqilligini e’tirof etish bo‘yicha qonun loyihasiga Amerika boshchiligida aksariyat davlatlar qarshi chiqayotgan edi. Ikkala davlat yetakchilari ham shu masalani muhokama qilish asnosida Erdo‘g‘on Obamaga: «Bir yilda 180 daraja o‘zgaribsan», — dedi.

Erdo‘g‘on Obamaga bir yil avval Falastinning mustaqilligini tan olish lozimligi to‘g‘risidagi gaplarini eslatdi. O‘sha paytda Barak Obama BMT Bosh assambleyasida Falastinni mustaqil davlat deb e’lon qilish bo‘yicha takliflar bildirgan edi.

Falastinning mustaqil bo‘lish taklifini bildirgan Obama oradan bir yil vaqt o‘tib, buning uchun Isroil bilan muzokara olib borish lozimligini aytgan. Bunga misol tariqasida Janubiy Sudan bilan uzoq yillar muzokara olib borilganini eslatgan.

Shundan so‘ng Erdo‘g‘on: «Janubiy Sudan uchun yillar davomida Shimoliy Sudanga sanksiyalar qo‘llandi. Bu tajribani Isroil uchun ham qo‘llay olasizmi?», — dedi.

Barak Obama bu savolni javobsiz qoldirgan edi.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring