Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdog‘andan yana bir «yurish»: u ishchilar maoshini 45 foizga ko‘tarishini aytdi

Erdog‘andan yana bir «yurish»: u ishchilar maoshini 45 foizga ko‘tarishini aytdi

Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an saylovga 5 kun qolganida 700 ming davlat xizmatchisining maoshlari 45 foizga oshirilishini ma’lum qildi.

Turkiya prezidenti ishtirokida mamlakat hukumati va kasaba uyushmalari o‘rtasida jamoaviy mehnat shartlari bo‘yicha tegishli protokol imzolandi.

«2023-2024 yillarda eng kam ish haqqi miqdori oshadi. Ushbu kelishuv doirasida biz mukofot olmagan xodimlar uchun 4-6 foizlik ustama ham joriy qilmoqdamiz. Terrorizmdan jabr ko‘rgan faxriylar yoki qurbonlarning oila a’zolariga 10 foizlik ustama to‘lanadi. Qo‘shimcha ish haqini 70 foizga oshirishni ham rejalashtirganmiz», – deydi Erdog‘an.

Shuningdek, Erdog‘an tungi smenalarda ishlovchi ishchilarning oylik miqdori ham 8 foizga oshishini qo‘shimcha qilgan.

Ushbu o‘zgarishlar 14 may kuniga belgilangan saylovlarga 5 kun qolganida sodir bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, amalga oshirilgan so‘rovlarga ko‘ra, hozirda Erdog‘an va uning muxolifatdagi raqibi Kamol Qilichdaro‘g‘lining reytinglari taxminan bir xil.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring