Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng katta sayyohlik guruhi Shveysariyaga keldi

Eng katta sayyohlik guruhi Shveysariyaga keldi

Foto: «Swissinfo»

MICE-sayohat (ishbilarmonlik turizmi) doirasida Xitoydan 12 ming kishilik sayyohlar guruhi Shveysariyaga keldi. Bu haqda «Interfaks» agentligi «Swissinfo» portaliga asoslanib xabar bermoqda.

«Shveysariyaga ilk marotaba 12 ming kishilik xitoylik sayyohlar guruhi kelishi. Sayohat tashkilotchisi — AQShning salomatlik va go‘zallik tovarlari sotuvchi «Jeunesse Global» kompaniyasi Xitoydagi ana shuncha xodimini shu yo‘l bilan rag‘batlantirishga qaror qildi», — yozadi portal.

MICE (Meetings, Incentives, Conferences, Events) — turli korporativ tadbirlarni o‘z ichiga olgan ishbilarmonlik turizmi yo‘nalishidir. To‘rt asosiy tushunchadan iborat: meetings — korporativ uchrashuvlar, incentives — rag‘batlantiruvchi yoki motivatsion sayyohatlar va dasturlar, conferences — konferensiyalar, forumlar, exhibitions — ko‘rgazmalar, festivallar, press-turlar.

Ma’lumotga ko‘ra, bu ishbilarmonlik turizmi yo‘nalishidagi rekord ko‘rsatkichdir. Guruh shunchalik kattaki, uning a’zolari diqqatga sazovor Reyn sharsharasi, Titlis tog‘i, Lyusern, Bazel va Syurixdagi shopping-markazlarga qiynalmay borib kelishlari uchun har biri to‘rt ming kishilik guruhlarga bo‘linishiga to‘g‘ri keladi.

Oxirgi marta Shveysariyaga eng katta MICE-guruh Hindistondan 2011-yili kelgandi — 3,5 ming nafar sayyoh.

«Xitoylik sayyohlar guruhining kelishi Shveysariya turizm sanoati uchun juda katta voqea bo‘ldi. Bu mamlakat g‘aznasiga qo‘shimcha 14 million frank ($13,85 mln.) daromad keltiradi», — deyiladi «Swissinfo» xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring