Ekologiyaga eng ko‘p qayg‘urayotgan shaharlar e’lon qilindi (top-40)
Global yo‘nalishlar qat’iyligi indeksi (The Global Destination Sustainability Index) uglerodsiz kelajakka qat’iy intilayotgan dunyo shaharlari reytingini e’lon qildi.
Reytingni tuzishda chiqindilarni qayta ishlash, havoning tozaligi, velosipedlar uchun yo‘laklar soni, jamoat trasportining ekologiya talablariga javob berishi va hatto ekologik toza sifatida sertifikatlangan mehmonxona xonalari ulushi kabi jihatlargacha hisobga olindi.
2016-yildan 2021-yilgacha muntazam dunyoning eng ekologik toza shahri deya e’tirof etib kelingan Gyoteborg (Shvetsiya) yana reyting yetakchisiga aylandi. Shaharda elektr transport egalari uchun eng yaxshi sharoitlar yaratilmoqda, Gyoteborgdagi jamoat transporti deyarli to‘liq qayta tiklanuvchi energiya bilan ta’minlangan. Qolaversa, bu shahar bir martalik idish va plastikdan foydalanishga qarshi qattiq kurashmoqda.
Umuman olganda, barqaror rivojlanish reytingida skandinav shaharlari yetakchilik qilayotgani tahlilchilar e’tiborini tortdi.
Dunyoning ekologiyasi eng yaxshi shaharlari (top-10)
- Gyoteborg, Shvetsiya
- Oslo, Norvegiya
- Kopengagen, Daniya
- Xelsinki, Finlyandiya
- Bergen, Norvegiya
- Orxus, Daniya
- Olborg, Daniya
- Glazgo, Buyuk Britaniya
- Bordo, Fransiya
- Stokgolm, Shvetsiya
Ekologiyasi yaxshi shaharlar reytingiga (top-40) G‘arbiy Yevropadan — 17, Shimoliy Amerikadan — 1 (Monreal, Kanada), Osiyo-Tinch okeani mintaqasidan — 7 (Singapur, Goyan (Janubiy Koreya), Songxla va Bangkok (Tailand), Melburn, Sidney va Brisben (Avstraliya) shahar kirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter