Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning havosi eng ifloslangan davlatlari ma’lum qilindi

Dunyoning havosi eng ifloslangan davlatlari ma’lum qilindi

2023-yil yakunlariga ko‘ra, havosi eng iflos davlatlar ro‘yxatida Pokiston, Bangladesh va Hindiston yetakchilar deb topildi. Bu haqda Shveysariyaning  havo IQAir monitoring tashkiloti hisobotiga tayanib Reuters xabar bermoqda.

IQAir mutaxassislari dunyoning 134 mamlakati va mintaqasidagi 30 mingdan ortiq havo sifati monitoringi stansiyalari ma’lumotlarini tahlil qildi. O‘tgan yili Bangladesh atmosferasida PM 2,5 - o‘pka faoliyatiga xalaqit beradigan mayda zarrachalar o‘rtacha konsentratsiyasi har bir kubometr uchun 79,9 mikrogramni tashkil qilgan. Pokistonda ham xuddi shunday ko‘rsatkich 73,7 mikrogrammni tashkil etgan bo‘lsa, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) havodagi PM 2,5 ning yillik o‘rtacha darajasi har bir kub metr uchun besh mikrogramdan oshmasligini tavsiya qilgan.

Shunday qilib, yuqoridagi davlatlarda zararli zarralar konsentratsiyasi ruxsat etilgan standartlardan mos ravishda deyarli 16 va 15 baravar yuqori.

Hindistonga kelsak, bu yerdagi miqdor odatdagidan taxminan 11 baravar yuqori bo‘lib chiqdi. Dehlidagi PM 2.5 tarkibi 102,5 mikrogrammni tashkil etdi.

Aniqlik kiritilishicha, mutaxassislar xavfli moddalarning JSST standartlariga muvofiq normal konsentratsiyasini faqat yettita davlatda – Avstraliya, Estoniya, Finlyandiya, Grenada, Islandiya, Mavrikiy va Yangi Zelandiyada qayd etgan.

Avvalroq Vetnam poytaxti Xanoy dunyoning havosi eng ifloslangan shahri deb topilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring