Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng qimmat brendlari e’lon qilindi

Dunyoning eng qimmat brendlari e’lon qilindi

Foto: «Moscow-oblast.sm-news.ru»

«Google» kompaniyasi 2012-yildan beri ilk bor «Best Global Brands» dunyoning eng boy brendlari reytingidagi dastlabki uchlikka kira olmadi, deya xabar berdi «Interbrand».

2019-yilda «Interbrand» konsalting firmasi reytingida «Google» ikkinchi o‘rinni egallagandi. Bu yil kompaniya to‘rtinchi pog‘onaga tushib ketdi. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, qidiruv sayti brendi 1 foizga — 165,4 mlrd dollarga arzonlashgan.

«Apple» kompaniyasi sakkizinchi yildirki ro‘yxatning shubhasiz yetakchisi bo‘lib qolmoqda. Ikkinchi o‘rin bu yil «Amazon»ga nasib qilgan bo‘lsa, «Microsoft» uchinchi pog‘onaga munosib deb topildi.

Dunyoning eng boy brendlari o‘ntaligiga, shuningdek, «Samsung», «Coca-Cola», «Toyota», «Mercedes-Benz», «McDonald’s» va «Disney» kirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring