Dunyoning eng boy odami eng katta xavfga qarshi kurashish uchun 10 milliard dollar ajratmoqchi

«Amazon» rahbari Jeff Bezos sayyorada iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun uning sharafaga atalgan Yer fondini yaratmoqchi ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining «Instagram»ida yozib qoldirgan.
«Men iqlim o‘zgarishining halokatli ta’siriga qarshi kurashishning allaqachon o‘rganilgan usullarini yaxshilashni va yangi usullarni kashf etishni xohlayman», – deb yozadi Bezos.
«Sayyoramizdagi eng katta xavf-xatar»ga qarshi kurashish uchun u milliard dollar ajratyapti. Bezosning so‘zlariga ko‘ra, Yer fondidagi mablag‘ ushbu muammoni hal qilish bilan shug‘ullanayotgan nohukumat tashkilotlar, olimlar va faol jamoatchilarga beriladi.
«Men yozda grant ajratishni boshlayman», – deb ta’kidlaydi milliarder.
Bezos kompaniyalar, mamlakat hukumatlari, xalqaro tashkilotlar va oddiy odamlarni hamkorlikda ishlashga taklif etdi.
«Yer – barchamizni birlashtiradi. Kelinglar, uni birgalikda himoya qilamiz», – deydi dunyoning eng boy odami.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter