Dunyoning diqqat-e’tibori Shimoliy Koreyada

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning qaroriga binoan mamlakatdagi yadro poligonini yopish jarayoni boshlandi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.
Shimoliy Koreya «Pungeri» yadro poligonini xorijlik jurnalistlar ko‘z o‘ngida yopmoqda.
O‘n kun avval mahalliy matbuot yadro poligonidagi barcha ob’yektlar yo‘q qilinishini ma’lum qilgan edi.
«Associated Press», «CNN», «CBS», «Russia Today» va Xitoy OAV vakillari samolyotda Shimoliy Koreyaga yetib keldi.
«Reuters» va boshqa ko‘plab axborot agentliklari yadro poligonining yopilishini bevosita kuzatib borish maqsadida rasmiy Pxenyanga murojaat qilgan bo‘lsa-da, ularning Shimoliy Koreyaga kirishiga ruxsat etilmadi.
Janubiy koreyalik 8 nafar jurnalistga jarayonni kuzatishga ruxsat berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter