Dunyodagi eng qimmat tanga kimoshdi savdosiga qo‘yildi
«Yoyilgan sochlar» deb nomlangan 1794-yilda chiqarilgan kumush dollar sotuvga qo‘yilgan tarixdagi eng qimmat tanga bo‘ladi, deb xabar berdi CNN telekanali.
2013-yilda ushbu tanga kimoshdi savdosida 10 million dollarga sotilgan edi, endi u o‘zining qiymati bo‘yicha rekordini yangilashi mumkin.
Qadimgi yunon ma’budasi tasvirlangan bu kumush dollar AQSh zarbxonasida zarb qilingan ilk tanga hisoblanadi. Uning teskari tomonida burgut tasvirlangan.
Tender savdolari 8 oktyabrm kuni AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter