Dunyodagi eng katta sharshara qurish arafasida
Zimbabve va Zambiya chegarasida joylashgan dunyodagi eng yirik Viktoriya sharsharasiga yo‘qolib ketish xavf solmoqda. Juda qisqa vaqt oralig‘ida ulkan va go‘zal sharsharadan asar ham qolmadi.
Bunga sabab — Janubiy Afrikada kuzatilayotgan kuchli qurg‘oqchilik. Sharshara joylashgan Zambezi daryosi suv sathi oxirgi 25 yilda eng past darajasiga tushib ketdi.
Zambiya prezidenti Edgar Lungu «Sky News» telekanaliga intervyusida agarda jahon hamjamiyati global iqlim o‘zgarishlariga qarshi kuchlarni birlashtirmas ekan, vaziyat butkul izdan chiqib ketishidan ogohlantirdi.
«Iqlim o‘zgarishlari — bor narsa. Ularning oqibatlari insoniyat uchun halokatli va biz bunga yechim qidirishimiz shart. Biz avlodlarimizga Zambezini buyuk Viktoriyasiz topshiramizmi? Biz shuni istaymizmi? Yo‘llari bor, choralari bor, biz ularni bajarishga hozirdan kirishimiz kerak», — dedi prezident Edgar Lungu.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter