Dunyodagi eng boy it Madonna yashagan villani «sotuvga qo‘ydi» (foto)
Mayamida itning nomidan xonanda Madonna yashagan villa kimoshdi savdosiga qo‘yildi, deb xabar bermoqda AP agentligi.
Qayd etilishicha, Gyunter VI laqabli nemis ovcharkasi o‘zining ulkan boyligi, jumladan, dengiz bo‘yidagi sakkiz xonali uyni Gyunter IV dan meros qilib qolgan.
Itning tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Gyunter III 90-yillarning boshlarida uning egasi, nemis grafinyasi Karlotta Libenshteyn vafotidan keyin ko‘p million dollarlik ishonchni meros qilib olgan. Millionerning mulkini ishonchli jamg‘arma menejerlari guruhi boshqaradi.
Biskeyn ko‘rfaziga qaragan Toskan uslubidagi villa 31,75 million dollarga kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Bir necha yil oldin u Madonnadan 7,5 million dollarga sotib olingandi.
It millionerlarga xos hayot kechirmoqda. Gyunter qimmatbaho olmos o‘rnatilgan maxsus bo‘yinbog‘ taqib oladi, shaxsiy samolyotda parvoz qiladi, shuningdek, har oqshom hashamatli restoranlarda ovqatlanadi. It o‘z murabbiyi bilan itoatkorlik ko‘nikmalarini o‘rganadi. Ilgari Madonna uchun maxsus tayyorlangan hashamatli dumaloq qizil baxmal karavotda ko‘rfazni tomosha qilib uxlaydi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Mayamidagi ko‘chmas mulk kimoshdi savdosida sotilganidan so‘ng Gyunter marhum Libenshteynning Italiyada joylashgan yanada hashamatliroq villasiga ko‘chib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter