«Alibaba» asoschisi tug‘ilgan kunida ishdan ketdi
«Alibaba» asoschisi Jek Ma rasman kompaniya direktorlar kengashi raisligidan ketdi, deb xabar berdi «Bloomberg». Endi uning o‘rnida — Deniel Chjan.
Agentlik aniqlik kiritishicha, Jek Ma bu bilan kompaniyadan uzoqlashib ketmaydi, muhim qarorlar uning maslahati bilan qabul qilinadi.
Jek Ma bugun, 10-sentyabr kuni 55 yoshni qarshiladi. «Forbes» uning boyligini $38,6 mlrd.ga baholagan — «Alibaba» asoschisi jahondagi badavlat insonlar orasida 21-o‘rinda turibdi.
Jek Ma lavozimini topshirishini bir yil avval ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter