Deputat koronavirusdan vafot etdi — Eron

Eronlik taniqli siyosatchi Muhammad Mirmuhammadiy yangi turdagi koronavirus («COVID-19») bilan kasallanib vafot etdi, deya xabar berdi «Anadolu» agentligi.
IRNA agentligi xabariga ko‘ra, Mirmuhammadiy poytaxt Tehrondagi «Masih Donishvoriy» kasalxonasida davolanayotgan bo‘lgan.
Mirmuhammadiy 6 va 7-chaqiriq parlamentiga Qum shahridan saylangan deputat edi.
Jon Hopkins Tizimli tadqiqotlar va injiniring markazi bugun bergan ma’lumotga ko‘ra, Eronda «COVID-19» bilan kasallanganlar soni 978 nafarga, vafot etganlar soni 54 nafarga yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter