Daniyalik milliarder Lars Larsen vafot etdi
«Jysk» chakana savdo tarmog‘i asoschisi, o‘z mamlakatidagi eng boy insonlardan hisoblangan Lars Larsen 71 yoshida vafot etdi.
Dunyoning eng boy kishilari reytingida (Forbes 2019) Larsen 424-o‘rinda turardi. Uning boyligi 4,4 mlrd. dollarga baholangan.
«Forbes» yozishicha, milliarder dushanba, 19-avgust kuni vafot etgan. U ikki oy ilgari, saraton tashxisini qo‘yishganidan keyin «Jysk» direktorlar kengashi boshqaruvidan ketgan edi.
«Daniya o‘z gigantlaridan birini yo‘qotdi».
Daniya Savdo palatasi rahbari,
sobiq biznes vaziri Brayan Mikkelsen.
Lars Larsen 2004-yili «Men Lars Larsenman, sizga ajoyib taklifim bor» nomli avtobiografiyasini chiqargandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter