Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Cho‘kkan kema insoniyatga qanday xavf tug‘dirmoqda? (video)

Cho‘kkan kema insoniyatga qanday xavf tug‘dirmoqda? (video)

Foto: Norwegian Coastal Administration

Norvegiya tabiatni muhofaza qilish uyushmasi jahon hamjamiyatiga ochiq xat yo‘lladi. Unda Shimoliy dengizda cho‘kib ketgan nemis suvosti kemasi insoniyat uchun tug‘dirayotgan xavf haqida so‘z so‘z boradi.

«National Geographic» yozishicha, bu juda xavfli topilma, negaki cho‘kkan kema bortida 65 tonna simob va bir necha tonna uran oksidi bor.

Germaniya suvosti kemasi Ikkinchi jahon urushi chog‘i — 1945-yilning 9-fevral kuni Fede oroli yaqinida cho‘kib ketgan. Uni 2003-yili Norvegiya harbiy-dengiz kuchlari va Britaniya Milliy muzeyi qo‘shma ekspeditsiyasi topgan. Submarinaning 150 metr chuqurlikda joylashgan qoq ikkiga bo‘linib ketgan korpusi 30 000 kvadrat metr maydonni band etgan. O‘sha paytda kemani darhol chiqarib olib, ko‘mishga qaror qilingan, biroq uning bortidagi xavfli yuk rejani qayta ko‘rib chiqishga majbur etgandi.

Oradan shuncha vaqt o‘tib, Norvegiya hukumati uni turgan joyida ko‘mishga qaror qildi. Ekologlar esa bundan norozi. Nega?

Gap shundaki, tabiatni muhofaza qilish uyushmasi zilzila xavfi bor hududda shag‘al va qumli sarkofag akvatoriyani simobdan yetarlicha himoya qila olmaydi degan xavotirda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, halokat ro‘y bergan taqdirda sizib chiqqan simob Barens dengiziga 13-14 kunda yetib boradi. Kamiga uran oksidi ham bor... Har ikki modda bir bo‘lib, juda ulkan va tiklab bo‘lmas ekologik halokatga sabab bo‘lishi mumkin.

Ekologlar Norvegiya hukumatini «uzoqni ko‘ra olmaslikda» ayblashyapti. Sarkofagni bunyod etishga 51,7 million dollar sarflanmoqda, zararli moddalarni suv tubidan chiqarib olish va zararsizlantirishga esa 211 million dollar ketishi hisoblab chiqilgan.

Ehtimoliy halokat oqibatlari esa hammasidan qimmatga tushadi.

Norvegiya hukumatining «kemani ko‘mish» operatsiyasi video-rejasi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring