Chiqindi tozalayotgan yo‘lbars barchani hayratda qoldirdi
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Hindistondagi milliy bog‘da chiqindi yig‘ayotgan yo‘lbarsdan hayratda qolishdi, deb yozadi NDTV.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘lbars boqqa tashrif buyuruvchilar uloqtirgan plastik chiqindilarni yiqqan. Yirtqichning axlatni tishlari bilan ushlab turgani tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, odamlar uning xatti-harakatidan hayratda qolishdi.
Sharhlovchilar shishalarni uloqtirgan shaxslarni qoraladi va hatto yo‘lbars ham atrof-muhitni toza saqlash muhimligini tushunishini ta’kidladi.
«Bu bir vaqtning o‘zida chiroyli va qayg‘uli. Yo‘lbars bizdan keyin tabiatni tozalashga majbur bo‘lganidan uyalaman», — deb yozdi muhokama ishtirokchilaridan biri.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter