Charlz III tasvirlangan ilk tangalar chiqarildi — Buyuk Britaniya
Buyuk Britaniya qirollik zarbxonasi Charlz III tasvirlangan ilk tangalar dizayni taqdimotini o‘tkazdi.
Dizayn muallifi — britaniyalik haykaltarosh Martin Jennings.
50 penslik yangi tangalar 2022-yilning dekabrida muomalaga chiqariladi.
Tangalarda Charlz III tojsiz tasvirlangan. Qirollik va numizmatika an’analariga muvofiq, uning profili chap tomonga qaragan, chunki tangagi portretda onasi, sobiq qirolicha Yelizaveta II o‘ng tomonga qarab turibdi. Tanga gardishida lotin tilidagi yozuv bor: Dei Gratia Rex Fidei Defensor — «Yaratganning inoyati bilan, din himoyachisi Charlz III».
Mavzuga doir: Charlz III surati tushirilgan banknotalar qachondan muomalaga chiqishi aytildi
Qirollik zarbxonasi, shuningdek, dushanba, 3-oktyabr kuni maxsus 5 funtlik esdalik tangalari chiqarilishini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter