Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Charlz III surati tushirilgan banknotalar qachondan muomalaga chiqishi aytildi

Charlz III surati tushirilgan banknotalar qachondan muomalaga chiqishi aytildi

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III portreti tushirilgan yangi banknotalar 2022-yil oxirigacha taqdim etiladi va ular 2024-yilda muomalaga chiqariladi. Bu haqda seshanba kuni Angliya bankining press-relizida ma’lum qilindi.

«Angliya banki joriy yilning oxirigacha qirol Charlz III portreti tushirilgan yangilangan banknotalar tasvirlarini taqdim etadi. Banknotalarning 2024-yil o‘rtalarida muomalaga kiritilishi kutilmoqda. Janobi Oliylarining portreti to‘rtta polimer banknotlar (£5, £10, £20 va £50)ning barcha mavjud dizaynlarida paydo bo‘ladi» – deyiladi press-relizda.

Qayd etilishicha, qirolicha Yelizaveta II portreti aks ettirilgan hozirgi banknotalar ham qonuniy to‘lov vositasi bo‘lib qolaveradi. Ular eskirgan yoki shikastlangan taqdirdagina muomaladan chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, 70 yilu 7 oy Britaniya taxtida o‘tirgan Yelizaveta II 8-sentyabr kuni 96 yoshida Shotlandiyadagi Balmoral qasrida vafot etgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring