Buyuk Britaniyada bir nechta odam pichoqlandi
Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida bir necha kishi hujum natijasida pichoqdan jarohatlandi. Bu haqda Uest-Midlands hududi politsiyasi ma’lum qilgan.
«6-sentyabr kuni Birmingem shahar markazida taxminan soat 0:30 larda (4:30 t.v.) pichoqdan jarohatlanish haqidagi xabarga ko‘ra bizni chaqirishganini tasdiqlashimiz mumkin. Biz tez yordam xodimlari bilan birgalikda zudlik bilan voqea joyiga yetib bordik. Shundan so‘ng ko‘p o‘tmay yana bir qancha jabrlanuvchilardan xabar kelib tushdi. Bir nechta odam jarohat olgani haqida ma’lumotga egamiz», — deya xabar berdi politsiya.
Ayni vaqtda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari nechta odam jarohatlangani va naqadar jiddiy yaralangani haqida ma’lumotga ega emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter