Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri virus yuqtirib oldi
![Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri virus yuqtirib oldi](https://static.xabaruz.com/crop/2/2/720_460_95_2285647167.jpg)
Britaniya Sog‘liqni saqlash vaziri Sajid Javid koronavirus bilan kasallandi. Ammo u vaksina olgani tufayli kasallik alomatlari yengil kechmoqda.
«Bugun ertalab mening COVID tekshiruvim ijobiy bo‘ldi. Men PZR testining natijasini kutmoqdaman, ammo ikki dozali emlashni qabul qilganim sababli (kasallikning) alomatlari yengil. Iltimos, agar siz hali ham emlamagan bo‘lsangiz, albatta vaksina bilan emlaning»,— deb yozdi vazir Twitterda.
Undan oldingi Sog‘liqni saqlash vaziri Met Xenkok ham koronavirus bilan kasallangan, bu 2020 yil bahorida, pandemiyaning birinchi to‘lqinida sodir bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter