Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniya bosh vazirining reytingi keskin quladi — Bloomberg

Britaniya bosh vazirining reytingi keskin quladi — Bloomberg

Buyuk Britaniya fuqarolarining aksariyati bosh vazir Rishi Sunakning ishini salbiy baholaydi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

YouGov so‘roviga ko‘ra, respondentlarning 65 foizi shunday fikrda.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, respondentlarning atigi 25 foizi Buyuk Britaniya bosh vazirining harakatlariga ijobiy munosabatda bo‘lgan – bu 2023-yil may oyiga nisbatan 6 foizga kam.

Norozilar soniga kelsak, u ikki oy oldingi so‘rovga nisbatan 5 foizga oshgan.

YouGov ta’kidlashicha, Sunakning reytingi salbiy bo‘lib, 40 foizni tashkil etadi, bu uning butun bosh vazirligidagi eng past ko‘rsatkichdir. Shu bilan birga, hukmron Konservativ partiya minus 56 foiz reytingga ega.

Aprel oyida Buyuk Britaniya fuqarolarining 59 foizi bosh vazir Rishi Sunakni qo‘llab-quvvatlamasligi xabar berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring