Braziliyada kuchli intriga ortidan yangi prezident saylandi

Braziliya ommaviy axborot vositalari tomonidan e’lon qilingan saylov komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning sobiq prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan.
Saylov byulletenlarining 99 foizidan ortig‘ini qayta ishlash natijalariga ko‘ra, Lula da Silva - 50,9 foiz ovozni qo‘lga kiritdi. Amaldagi prezident Jair Bolsonaru 49,15 foiz ovoz yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Endi Bolsonaru raqibini mag‘lub etish imkoniyati yo‘qligi aytilgan.
Shu tariqa, Lula da Silva siyosiy faoliyatidagi uchinchi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi.
Yakshanba kuni saylovning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Saylovoldi so‘rovlar saylovda muxolifatning chap qanot nomzodi Lula da Silva g‘alaba qozonishi ehtimolini ko‘rsatdi. Bolsonaro o‘ng siyosiy qanot vakili sanaladi.
2-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan birinchi tur natijalariga ko‘ra, braziliyaliklar mamlakatning amaldagi prezidenti Bolsonaroga 43,2 foiz ovoz bergan bo‘lsa, 2000 yillar boshidagi muvaffaqiyatli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlari bilan yodda qolgan Lula da Silvaga 48,4 foiz ovoz bergandi.
Lula da Silva 2003-2010 yillarda, ikki muddat mamlakatni boshqargan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter