Braziliyada 400 kishi qamoqdan qochib ketdi
Dushanba, 16-mart kuni kechqurun Braziliyaning janubi-sharqidagi San-Paulu shtatining Mongagua shahridagi qamoqxonadan 400 nafarga yaqin mahkumlar qochib ketdi. Bu haqda «G1» portaliga asoslanib «RIA Novosti» xabar berdi.
Avvaliga yarim ochiq turdagi axloq tuzatish koloniyasida saqlanayotganlar qamoqxona xodimlarini garovga olishgan, keyin 400 nafarga yaqin mahkum qochib ketgan, deyiladi portal xabarida. Ayni paytda ham qamoqxona xodimlari garovda ushlab turilgani aytilmoqda, politsiya ularni ozod qilish uchun muzokaralar olib bormoqda.
Shu bilan birga, politsiya qochoqlarni tutish bo‘yicha ishga kirishgan.
Portal qo‘shimcha qilishicha, Braziliya qonunchiligiga ko‘ra, yarim ochiq turdagi penetensiar muassasalarda qurolli nazorat mavjud emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter