«Boko Haram» jangarilari dafn marosimida 65 kishini o‘ldirishdi
Nigeriya shimoli-sharqida «Boko Haram» jangarilarining hujumi ko‘plab insonlarning umriga zomin bo‘ldi Bu haqda «Daily Sabah Africa» mahalliy hokimiyat vakillariga asoslanib xabar tarqatdi.
Jangarilar Borno shtatidagi qishloqlardan biriga mototsikllarda bostirib kirib, dafn marosimidan qaytayotgan odamlarni o‘qqa tutishgan. Fojia 65 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Yana o‘ndan ortiq inson jarohat olgan.
«Boko haram» terrorchilari Nigeriya shimoli va shimoli-sharqida o‘rnaishib olgan. Qolaversa, bu jangarilar qo‘shni Niger, Kamerun va Chadga bot-bot hujum uyushtirib turadi.
Chad ko‘li havzasi mamlakatlarida ushbu jangarilar 2009-yildan beri 27 ming kishini qirg‘in qilgan. «Boko haram» terororchilari kasofatiga 2,6 million kishi uylarini tashlab ketib, qochoqlarga aylangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter